O'zbekiston chorvachilik bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanadi

O'zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiyada xizmat safarida bo‘ldi.

2133813
O'zbekiston chorvachilik bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanadi

 

O'zbekiston chorvachilik bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanadi.

Shu munosabat bilan kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiyada xizmat safarida bo‘ldi.

Dastlab ishchi guruh Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Gyumen bilan uchrashib, naslli echkichilik klasterini tashkil etishda xalqaro huquq normalarining tegishli bandlarini muhokama qildi.

Shundan so‘ng Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqotlari va siyosat bo‘yicha Bosh direktorati – TAGEM, Turkiya chorvadorlar uyushmasi va boshqa sohaga aloqador ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari bilan muzokaralar olib borildi.

Aholi xonadonlarida chorva naslini yaxshilash va naslchilik borasida olib borayotgan ishlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishda ikki davlatning mas’ul idoralari o‘rtasida yaqindan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar