Malginov O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligiga chaqirildi

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O. Malginov, O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligiga chaqirildi.

2079860
Malginov O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligiga chaqirildi

O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O. Malginovni, rus siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekiston hududini Rossiyaga qo‘shib olish zarurligi haqidagi bayonoti ustidan vazirlikka chaqirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning O‘zbekiston hududini Rossiyaga qo‘shib olish zarurligi haqidagi taklifi ataylab uyushtirilgan provokatsiya bo‘lib, bu ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi yetkazilgan.

Bayonotda shuningdek Prilepinning bayonoti O‘zbekistonda chuqur tashvish hissi bilan qabul qilingani, Rossiyadek do‘st davlat partiya rahbarlarining bunday shoshqaloq bayonotlari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhiga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlangan.

Malginov esa Prilepinning bayonotlari Rossiya yetakchiligining “doʻst va mustaqil” Oʻzbekistonga boʻlgan rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini taʼkidlab, Rossiya Tashqi Ishlar vazirligining yaqin kunlarda voqea yuzasidan bayonot berishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Boshqa tomondan, o‘zbekistonlik deputatlar Tashqi Ishlar vazirligidan Rossiyaga nota yuborilishi va O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi chiqish jinoiy javobgarlik masalasi ekani ustidan ogohlantirilishini talab qildi.

Rossiyalik siyosatchi Prilepin matbuot anjumanida O‘zbekiston va sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqining (SSSR) boshqa a’zolarini Rossiya hududiga qo‘shib olish zarurligini taklif qilgandi.



Aloqador xabarlar