O‘zbekiston Qozog‘iston orqali Rossiyadan tabiiy gaz import qila boshladi

Rossiya gazini Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga yetkazish marosimida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev ishtirok etdi.

2047880
O‘zbekiston Qozog‘iston orqali Rossiyadan tabiiy gaz import qila boshladi

Rossiya Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi.

Rossiya gazini Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga yetkazish marosimida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim -  Jo‘mart Toqayev ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqan Putin, nomi tilga olingan yuk tashishning uch davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashiga urg‘u berib, “Mamlakatlarning strategik sherikligini to‘xtatmay, bu hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqimizga aniq natijalar berishni davom etishiga ishonaman”. - dedi.

Toqayev esa Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga jo‘natilishi tarixiy voqea ekanini ta’kidladi va “Tabiiy gaz sanoati davlatlarimizning barqaror ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun bu loyiha barcha tomonlarning manfaatlariga javob beradi” . – deya gapirdi.

Mirziyoyev esa, Rossiya va Qozogʻiston bilan neft va tabiiy gaz sohasida hamkorlikni kengaytirish istagida ekanliklarini bildirdi.

Tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoridan o‘rin olgan O‘zbekiston, ishlab chiqarish quvvati pasayib ketgani sababli ilk bor Rossiyadan tabiiy gaz import qilishga qaror qildi.

Rossiyaning “Gazprom” energetika kompaniyasi bilan imzolangan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston ikki yil davomida Rossiyadan kuniga 7 million kub metr tabiiy gaz import qiladi.

 



Aloqador xabarlar