Hajiyev bilan Grigoryan 26 – sentabr kuni Bryusselda uchrashadi

Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida 26 - sentabr kuni, Hikmet Hajiyev bilan Armen Grigoryan ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtadi.

2041811
Hajiyev bilan Grigoryan 26 – sentabr kuni Bryusselda uchrashadi

Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida 26 - sentabr kuni Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Unda Ozarbayjon Prezidenti maslahatchisi Hikmet Hajiyev bilan Armaniston Xavfsizlik kengashi bosh kotibi Armen Grigoryan ishtirok etadi.

Armanistoning «Armenpress» rasmiy axborot agentligining Armaniston Xavfsizlik kengashi bosh kotibiyatiga asoslanib bergan xabariga koʻra, Hajiyev bilan Grigoryan 26 -  sentabr kuni Bryusselda uchrashadi. Unda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Scholz va Yevropa ittifoqi kengashi prezidenti Sharl Mishelning maslahatchilari ham ishtirok etadilar.

Kun tartibida esa, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan oʻrtasida 5 - oktabr kuni Ispaniyaning Granada shahrida boʻlib oʻtuvchi uchrashuvga tayyorgarlik masalalari oʻrin olgan.

Aliyev, Pashinyan va Mishel 14 - may kuni Bryusselda uch tomonlama, 1- iyun kuni esa Moldovada uyushtirilgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti doirasida esa Makron va Scholzning ham ishtirokida besh tomonlama yigʻilish oʻtkazgandi.

 



Aloqador xabarlar