Shusha shahri Islom olamining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi
Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.
Ozarbayjon Madaniyat vazirligi Qorabog' ramzi bo'lgan Shushaning "2024-yil Islom olamining madaniyat poytaxti" deb e'lon qilinganini ma'lum qildi.
Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.
Ozarbayjon Madaniyat vaziri Adil Karimli Qatar poytaxti Dohada bo'lib o'tgan Islom davlatlari madaniyat vazirlarining 12-konferentsiyasida ishtirok etdi.
Maʼlum qilinishicha, u islom taʼlim, fan va madaniyat tashkilotiga (ISESCO) Shusha shahrini 2024-yil uchun “Islom olami madaniyati poytaxtlari” dasturiga nomzodini taklif qilgan. Aytilishicha, tegishli qaror bir ovozdan qabul qilingan. Keyin tadbirda Shusha haqida videorolik namoyish etilgan.
Qayd etish joizki, 2022 yil Ozarbayjonda Shusha yili deb e’lon qilingan edi. Shusha madaniy hayotini jonlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida musiqa bayramlari, she’riyat kunlari, ko‘plab mahalliy va xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazilgan. Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) ham Shusha shahrini 2023 yil uchun turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qildi.
Shu tariqa, Shusha shahri Ozarbayjon tarixiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim markazlaridan biriga, jumladan, Islom sivilizatsiyasi ramziga aylandi.
Ma’lumot uchun, shahar 1992 yil 8 mayda Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan. 2020 yilda 44 kunlik urushdagi g‘alabadan so‘ng, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shusha shahri arman bosqinidan ozod qilinganini e’lon qildi. Shahar markazida Ozarbayjon bayrog‘i ko‘tarildi.