Qozog‘istonda suv toshqini ortidan qayta tiklash ishlari yuritilmoqda

Qozog‘istondagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarda 8863 ta uy - joyga ziyon yetkazilgani aniqlandi.

2143954
Qozog‘istonda suv toshqini ortidan qayta tiklash ishlari yuritilmoqda

Qozog‘istonda suv toshqini oqibatida uylari vayron bo‘lgan 356 oila yangi uy – joy bilan ta’minlandi. Hukumatning matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra 29 625 oilaga bir martaga maxsus 10,7 milliard tenge (24,6 million dollar) pul ajratib berildi.

Ushbu yordamni olmoqchi bo‘lganlar tomonidan 30 912 ta ariza yozilib, kerakli nuqtalarga topshirilgan edi.

Suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarda 8863 ta uy - joyga ziyon yetkazilgani aniqlandi. Roppa – rosa 356 oila yangi uy - joyga ega bo‘lar ekan hozirda 1472 ta uy - joy qurilishi davom etmoqda. Shuningdek, 1389 ta uy - joyni ta’mirlash uchun 5,2 milliard tengedan ortiq mablag‘ ajratildi. Bunga qo‘shimcha ravishda 3804 oila jami 657 million tenge (1,5 million dollar) miqdorida kompensatsiya oldi. Nobud bo‘lgan hayvonlar uchun to‘lovlar 1,6 milliard tengeni (3,6 million dollar) tashkil etdi.

Ayni paytda mamlakatda suv toshqinlarini oldini olish maqsadida suv to‘g‘risidagi qonun va bir qator strategik davlat dasturlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Daryo kuzatuv faoliyatlarini yaxshilash maqsadida oʻlchash stansiyalari soni koʻpaytirilishi ham taʼkidlandi. Amaldagi 377 ta o‘lchash punktida, suv toshqini xavfi bor mintaqalar bilan chegarani oshgan daryolarda 139 ta yangi stansiya ilova etiladi.  

Joriy 2024 - yili suv toshqinlari Qozog‘iston bilan Rossiyaga katta ta’sir ko‘rsatib, jiddiy ofatga yo‘l ochdi. Mutaxassislarning fikricha, bu suv toshqinlari so‘nggi 80 yildagi eng jiddiy ziyon yetkazgan tabiiy ofat deb qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #tabiiy ofat , #suv toshiqini

Aloqador xabarlar