Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi

Mazkur bitim 2022 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangandi.

2002543
Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi

 

O'zbekistonda “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi.

Mazkur bitim 2022 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.

Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #TDT

Aloqador xabarlar