Mirziyoyev bilan Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar

Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar.

1954985
Mirziyoyev bilan Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar

3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra mazkur uchrashuvda, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi to‘g‘risidagi hisobotlarini tingladilar.

Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.

 



Aloqador xabarlar