O‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan 70 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi

Yer silkinishidan eng ko‘p jabr ko‘rgan janubiy Xatay viloyatida 100 kishidan iborat o‘zbekistonlik qutqaruvchilar o‘n kundan ortiq vaqt davomida ishlashmoqda.

1947959
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan 70 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi

O‘zbekistondan kelgan qutqaruv guruhi Turkiyaning yer silkinishidan jabr ko‘rgan hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashishda davom etmoqda.

Yer silkinishidan eng ko‘p jabr ko‘rgan janubiy Xatay viloyatida 100 kishidan iborat o‘zbekistonlik qutqaruvchilar o‘n kundan ortiq vaqt davomida ishlashmoqda.

Qutqaruvchilar o‘z harakatlarini Turkiya hukumati huzuridagi Ofat va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) vakillari bilan muvofiqlashtirib, qidiruvchi itlarining ham yordami bilan turli nuqtalarda vayronalar ostidagi insonlarni topishga urinmoqda.

Hozirgacha o‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan 70 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Turkiyada kuchli yer silkinishi oqibatida  qurbonlar soni 38 044 kishiga yetgan.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Turkiya , #Xatar , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar