Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li Baxtiyor Saidov bilan muloqot qildi

Turkiya TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Mavlud Chavusho‘g‘li Baxtiyor Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi.

1932324
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li Baxtiyor Saidov bilan muloqot qildi

 

Kuni kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Turkiya TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Mavlud Chavusho‘g‘li Baxtiyor Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uning rivojlanishi istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Turli daraja va shakllarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlarning tashkiliy jihatlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama shaklda, hamda xalqaro tuzilmalar doirasida O‘zbekiston - Turkiya aloqalarini yana-da mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar