O‘zbekiston ombudsmani Turkiya ombudsmani yubileyida ishtirok etdi

Turkiyaning Anqara shahrida Turkiya ombudsmani instituti tashkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan “XXI asrda Inson huquqlari kelajagi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

1932267
O‘zbekiston ombudsmani Turkiya ombudsmani yubileyida ishtirok etdi

 

Turkiyaning Anqara shahrida Turkiya ombudsmani instituti tashkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan “XXI asrda Inson huquqlari kelajagi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda yana 60 dan ortiq xorijiy davlatlarning ombudsmanlari ishtirok etdi.

Konferensiyada aholining zaif qatlami, xususan, ayollar, voyaga yetmaganlar, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklari muammolari muhokama markazida bo‘ldi. Shundan kelib chiqib ularni samarali himoya qilishda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning o‘rnini yaxshilashga e’tibor qaratildi.

Sharq va G‘arb ombudsmanlarini birlashtirish, ilg‘or tajribalar bilan tanishish orqali inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tashrif buyurdi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an o‘z so‘zida ombudsman institutining o‘rni va ahamiyatiga to‘xtaldi. 2012 yilda Turkiya prezidenti tashabbusiga ko‘ra davlat organlari ustidan nazorat qiluvchi tashkilot sifatida Turkiya ombudsmani instituti joriy etilgan.

Turkya Prezidenti Administratsiyasi hududida tashkil etilgan kutubxonaga ham tashrif tashkil etildi. Qayd etilishicha, mazkur kutubxonaning ochilish marosimida shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirok etgan.  

Kutubxonadagi kitob javonlari jamlanganda 3 kilometrni tashkil etuvchi mazkur dargohda O‘zbekiston uchun ham alohida burchak tashkil etilgan. Boy milliy va madaniy meroslarni jamlagan mazkur kutubxona xizmatlaridan oddiy fuqarolar ham foydalanishi mumkin.

Turkiya parlamentiga tashrif davomida mehmonlar tuzilma faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar