Toshkentda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlariga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi

Tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Turkiyaning “Marmara Group” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

1920728
Toshkentda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlariga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi

 

Kuni kecha Toshkent shahrida “O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotidagi raisligi va O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarining istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zA maʼlumotiga ko‘ra, tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Turkiyaning “Marmara Group” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi.  

Anjumanda so‘zga chiqqan Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi Strategik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.  

Uning taʼkidlashicha, joriy yilda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida rasmiy diplomatiya aloqalari o‘rnatilganligiga 30 yil to‘ldi.

“Mazkur davr mobaynida ikki tomonlama munosabatlarimiz sifat jihatidan yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarildi va o‘zaro manfaatli hamkorligimizning yangi istiqbollari ochilmoqda”, dedi Eldor Aripov.  

Uning aytishicha, strategik siyosiy aloqalar mavqeining jadal rivojlanishida, hech shubhasiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning va Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘anning ulkan hissasi mavjud.  

“Prezidentlarimizning tashabbuslari bilan ikki davlat munosabatlari tizimida yangi muloqot formati – oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashi tuzilganligini va bugungi kunda samarali faoliyat yuritayotganini keltirishim mumkin”, dedi ekspert.         Shu bilan birga, joriy yilning mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakuni bo‘yicha 10 ta hujjat, shu jumladan, imtiyozli savdo, mudofaa va sud-huquq sohalarida hamkorlik borasidagi muhim bitimlar imzolandi.  

“Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar maqomini “keng qamrovli strategik sheriklik” bosqichiga ko‘tarishga kelishib oldilar”, deya qo‘shimcha qildi Eldor Aripov.  

Uning so’zlariga ko’ra, siyosiy aloqalarning jadalligi savdo-iqtisodiy hamkorlik o‘suvchanligini oshirishga yordam berdi. Jumladan, keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash 2,5 barobarga o‘sib, 3,6 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘payib, 2 mingdan ortdi. Investitsiyaviy hamkorlik ko‘rsatkichlari 70 barobarga o‘sdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar