Ozarbayjonning birinchi prezidenti Muttalibov vafot etdi

Ozarbayjonning o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan keyingi birinchi prezidenti Ayaz Mutallibov vafot etdi.

1802782
Ozarbayjonning birinchi prezidenti Muttalibov vafot etdi

Ozarbayjonning Sovet ittifoqi tarkibidan chiqib o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan keyingi birinchi prezidenti Ayaz Mutallibov 84 yoshida vafot etdi.

Bokuda tugʻilgan Mutallibov, 1989-yili Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar kengashi raisi etib tayinlangan va Ozarbayjon Sovet ittifoqi tarkibidan chiqib, mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin ham mamlakatni boshqarishni davom etgan.

Ayaz Mutallibov 1991-yilning 8-sentabrida Ozarbayjon mustaqilligi e’lon qilinganidan keyin o‘tkazilgan birinchi prezidentlik saylovda g‘alaba qozonib, mustaqil Ozarbayjonning birinchi prezidenti bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, 1992-yil 6-mart kuni o‘z vazifasidan iste’foga chiqib, lavozimini tark etgan Mutallibov, keyinchalik Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Rossiyadan o‘z vataniga 2012-yili qaytgan Muttalibov, siyosatga aralashmasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha Muttalibov, uzoq davom etgan kasallik tufayli olamdan o‘lamdan o‘tgan.



Aloqador xabarlar