O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari ko'plab sohalarda jadal rivojlanmoqda

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi 2020 yil yakuniga ko‘ra, 2016 yilga nisbatan ikki barobar o‘sdi va 2 milliard dollardan oshdi.

1798555
O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari ko'plab sohalarda jadal rivojlanmoqda

 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatda yangi sahifa ochildi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning siyosiy irodasi, qat’iyati tufayli ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev respublika iqtisodiy imkoniyatini kengaytirish, xalq farovonligi va turmush darajasini oshirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlarni davom ettirmoqda. Mazkur siyosatning muvaffaqiyati Turkiya bilan ham bog‘liq. Muloqot faollashuvi, bevosita, ikki davlat munosabatining iqtisodiy tarkibi kengayib borishiga xizmat qilmoqda.

Ikki tomonlama savdo ko‘lami o‘sishining yuqori sur’ati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jumladan, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi 2020 yil yakuniga ko‘ra, 2016 yilga nisbatan ikki barobar o‘sdi va 2 milliard dollardan oshdi. Yaqin istiqbolda esa bu ko‘rsatkichni 5 milliardga ko‘tarish belgilangan. Natijada Turkiya O‘zbekistonning muhim iqtisodiy sherigi maqomini mustahkamlashi aniq.

Hozir Turkiya savdo hajmi bo‘yicha O‘zbekistonning to‘rtinchi hamkori sanaladi. So‘nggi besh yil ichida turk sarmoyasi ishtirokida mamlakatda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1,5 mingdan oshdi. Mamlakatdagi turk korxonalari xorijiy kapital ishtirokidagi ob’ektlar umumiy miqdorining 12 foizini tashkil etmoqda.

Xullas, Turkiya iqtisodiyoti har jabhada ilg‘or. Tashqi savdo statistikasida Turkiya ishtirokini e’tirof etish, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda mamlakat salohiyatini alohida qayd etish zarur.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar