O‘zbekiston va Turkiya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Imkoniyatlarda gender tenglik komissiyasi raisi Fatma Aksal boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.

1775397
O‘zbekiston va Turkiya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

 

Kecha, 7 fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva O'zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Imkoniyatlarda gender tenglik komissiyasi raisi Fatma Aksal boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi hamda gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Fatma Aksal bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya ishonchli strategik hamkor mamlakatlar hisoblanishini qayd etdi.

O'zbekistonda xotin-qizlar masalalariga e’tibor kuchaygani, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilayotgani, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan zo‘rovonlik holatlarini bartaraf etish, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilgani hamda 2021 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotiga O‘zbekiston raislik qilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakat uchun har jabhalarda ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlarda, jumladan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish borasida hamkorlik o‘rnatish, mamlakatlar hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish orqali samarali hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Bundan tashqari, boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Fatma Aksal , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar