Ozarbayjon prezidenti Aliyev va Armaniston bosh vaziri Pashinyan YK raisi bilan uchrashdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashiyan Yevropa kengashi raisi Mishel bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

1747834

Yevropa Ittifoqi  Kengashi raisi Charles Mishel bugun bo'lib o'tadigan Yevropa Ittifoqi-Sharqiy hamkorlik sammiti uchun Belgiyaning poytaxti Bryusselda bo'lgan Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan alohida alohida  uchrashdi.

Keyinroq Aliyev, Pashinyan va Mishel kechki ovqat paytida trioda uchrashishdi. Uchrashuv 2 soatdan ortiq davom etdi.

Mishel uch tomonlama uchrashuvdan keyin jurnalistlarga izoh berar ekan, Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan oʻz mamlakatlari oʻrtasidagi aloqani taʼminlash uchun moʻljallangan temir yoʻl liniyalari boʻyicha kelishuvga erishganini aytdi.

Aloqador xabarlar