Qozog’iston, Boyqo'ng'irdagi hududning bir qismini Rossiya ijarasidan chiqarmoqchi

Qozog’iston Rossiya tomonidan ijaraga olingan Boyqo'ng'irning 11.6 ming gektarini qaytarib olmoqchi.

1330120
Qozog’iston, Boyqo'ng'irdagi hududning bir qismini Rossiya ijarasidan chiqarmoqchi

Qozog’iston Rossiya tomonidan ijaraga olingan Boyqo'ng'irning 11.6 ming gektarini qaytarib olmoqchi.

Qozog’iston Respublikasi Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Prezident Qosim Jo’mart To’qayev Qozog’iston va Rossiya o’rtasida 1994-yilning 10-dekabri kuni qo’l qo’yilgan va Boyqo’ng’ir kosmodromi bilan unga yondosh Boyqo’ng’ir shaharchasini ijaraga berish haqidagi shartnoma”ga o’zgartirish kiritishni ma’qullagan protokolning tasdiqlanishi haqidagi qonunga qo’l qo’yganligini ma’lum qilindi.

Qozog'iston qishloq xo'jaligi vazirining o'rinbosari Aydarbek Saparov mazkur shartnomada o’rin olgan 4 ta yer uchastkasining milliy ahamiyatiga ega ta’sislarning qurilishi uchun foydalanilishini qayd etdi.

Saparbayev 11.6 ming gektar maydonning qaytarib olinishining bazaning yillik ijara narxiga hech qanday ta’sir ko’rsatmasligini qayd etgandi.

Qozog’iston 1994-yili Boyqo'ng'ir kosmodromini Rossiyaga 20 yilligiga ijaraga berganligi haqidagi shartnomaga qo’l qo’yar ekan mazkur shartnoma muddati 2004-yili 2050-yilgacha uzaytirilgan.

Boyqo'ng'ir, Qozog’istonning Qizil-O’rda viloyatida joylashgan va 6 ming 700 kvadrat kilometrlik maydonni o’z ichiga olgan Boyqo'ng'ir shahri va Boyqo'ng'ir kosmodromidan iborat.

Dunyoning eng yirik kosmodromi hisoblangan Boyqo'ng'irda uchirish rampasi, nazorat qilish qal’alari, nazorat markazlari va 1500 kilometr uzunlikda raketani sinab ko’rish maydonchasi o’rin olgan.

Rossiya Federal kosmik agentligi (ROSCOSMOS) tomonidan foydalanilgan kosmodromdan kosmik transport vositalari va raketalar uchirilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Boyqo'ng'ir , #ROSCOSMOS , #Rossiya

Aloqador xabarlar