O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anni tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘anni 29 oktyabr – Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrikladi.

1077469

Turkiyada har yili 29 oktyabrda nishonlanadigan Respublika kuni 1923 yilda Turkiya respublikasining e'lon qilinishi xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan. Shu kuni mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritilgan, natijada, Usmoniy imperiyasi qulagan va Turkiya Respublikasi tashkil topgan.

Respublika kuni har yili Turkiyaning butun hududi bo‘ylab nishonlanadi. Rasmiy bayram munosabati bilan davlat idoralarida bayroqlar ko‘tariladi, davlat idoralari, o‘quv muassasalari va maktablarda dam olish kuni hisoblanadi.

Aloqador xabarlar