ShKTRda, “Tinchlik va erkinlik bayrami”ni nishonlash tadbirlari davom etmoqda

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bugun Tinchlik va erkinlik bayramini nishonlash tadbirlari davom etmoqda.

1016400
ShKTRda, “Tinchlik va erkinlik bayrami”ni nishonlash tadbirlari davom etmoqda

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bugun Tinchlik va erkinlik bayramini nishonlash tadbirlari davom etmoqda.

Tadbirda Turkiya nomidan vitse-prezident Fuat O’ktay, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi o’rinbosari Levent Go’k va ko’plab rasmiy ishtirok etmoqda.

Vitse-prezident Fuat O’ktay tadbirdagi nutqida, tinchlik harakatining ahamiyatini ta’kidlagan holda,

“20-iyul, Kipr turklarining borligini davom ettirish uchun berilgan kurashning eng obro’li kunidir” dedi.

Fuat O’ktay, harakatning nafaqat Kipr uchun balki butun Turk xalqi uchun burilish nuqtasi ekanligini qayd etdi.

O’ktay o’z nutqida shuningdek, Kipr haqidagi muzokaralarga ham to’xtaldi.

Vitse-prezident, Kiprning grek tomonining kelajakda Kipr turklari bilan birgalikda siyosiy tenglik asosida sheriklik tashkil etishini tasavvur qilolmasligining kuzatilganligini ifoda etdi.

ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji ham, oroldagi muammoni hal qilish uchun Kiprning grek tomonining fikrining jiddiy ravishda o’zgarishi kerakligini ta’kidladi.  

Tadbirlar doirasida Turk Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligining akrobatika jamoasi ham Girne samolarida shou namoyish etdi.

Bugungi tadbir yakunida Prezident Mustafa Akinji ziyofat beradi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar