Ozarbayjon qo'shini chegarada arman askarni asirga oldi

Bugun erta tongda Gruziya chegara hududiga yaqin Qazah qishlog'i orqali Ozarbayjon chegara hududiga o'tmoqchi bo'lgan bir guruh arman askarlar bilan ozarbayjon askarlari o'rtasida otishma ro'y berdi.

1012815
Ozarbayjon qo'shini chegarada arman askarni asirga oldi

Ozarbayjon qo'shini chegarada ro'y bergan to'qnashuvda Armaniston qo'shinidan bir askarni asirga oldi.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, bugun erta tongda Gruziya chegara hududiga yaqin Qazah qishlog'i orqali Ozarbayjon chegara hududiga o'tmoqchi bo'lgan bir guruh arman askarlar bilan ozarbayjon askarlari o'rtasida otishma boshlandi.

Otishmalarda arman askarlar ortga chekinar ekan, ichidan Karen Kazaryan ismli arman askar asirga olingan.

Ozarbayjon qo'shinidan qurbonlarning yo'qligi aytilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Armaniston , #chegara , #otishma , #asir

Aloqador xabarlar