Ozarbayjon Respublikaning 100 yilligi keng nishonlanmoqda

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev poytaxt Bakuda Respublika yodgorlik hiyobonida o’tkazilgan tantanali marosimda ishtirok etdi.

980374
Ozarbayjon Respublikaning 100 yilligi keng nishonlanmoqda

1918-yilning 28-may kuni e’lon qilingan Ozarbayjon Respublikaning 100 yilligi keng nishonlanmoqda.

Prezident Ilhom Aliyev poytaxt Bakuda Respublika yodgorlik hiyobonida o’tkazilgan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Marosimda Ozarbayjon milliy gimni chalindi, Aliyev yodgorlik poyiga gulchambar qo’ydi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ozarbayjonning 100 yilligi munosabati bilan Ilhom Aliyevga tabrik yo’lladi.

Shuningdek, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Xitoy, Gruziya, Italiya, Finlandiya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Sudan, Marokko, Yunoniston, Kuba, Mojariston, Ispaniya, BAA, Iroq, Ruminiya, Litva, AQSh, Germaniya, Misr, Ukraina, Belgiya, Hindiston, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Livan, Eron, Xorvatiya kabi ko’plab mamlakatlardan prezident Ilhom Aliyevga tabrik maktublari keldi.

Ushbu kunning tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bundan 100 yil muqaddam 1918-yilning 28-may kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida Mehmet Emin Rasulzoda boshchiligidagi Ozarbayjon milliy sho’rosi Ozarbayjon Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi.

Baku arman va bolsheviklarning ishg’oli ostida bo’lgani uchun Ozarbayjon hukumati o’z faoliyatini bir muddat Genje shahrida amalga oshirdi.

Ozarbayjonning mustaqilligini birinchilardan bo’lib Usmoniy davlati tan oldi.

Ikki davlat o’rtasida imzolangan shartnoma doirasida tobora avj olib borayotgan arman va bolshevik to’dalarning tahdidiga qarshi Nuri pasha qo’mondonligidagi Kafkaz islom armiyasi yordamga jo’natildi.

1918-yilning 15-sentyabr kuni Baku bolshevik va arman to’dalardan ozod etildi.

Bakuni dushmanlardan qutqarish janglarida Kafkaz islom armiyasining 1130 nafar askari halok bo’ldi.

Sharqning birinchi demokratik respublikasi deb qabul qilingan Ozarbayjonda tezda ta’lim sohasi, din va vijdon erkinligi sohalarda katta islohotlar amalga oshirildi, davlatning milliy pul birligi bosildi.

Respublikaning Istiqlol bildiruvida irq, din, mazhab va jinsiyati qanday bo’lishidan qat’iy nazar, davlat fuqarolarining barchasiga teng haq-huquqlar berildi.

 



Aloqador xabarlar