Turkiyada, “Xo’ja Ahmad Yassaviy va Turkiston” deb nomlangan fotosurat ko’rgazmasi ochildi

Bu yilgi Turk dunyosining Madaniy poytaxti, Turkiyaning Kastamonu shahrida TURKSOY tomonidan “Xo’ja Ahmad Yassaviy va Turkiston” deb nomlangan fotosurat ko’rgazmasi ochildi.

964849
Turkiyada, “Xo’ja Ahmad Yassaviy va Turkiston” deb nomlangan fotosurat ko’rgazmasi ochildi
Kastamnou Türkistan sergi.jpg
Kastamnou Türkistan sergi.jpg
Kastamnou Türkistan sergi.jpg
Kastamnou Türkistan sergi.jpg

Bu yilgi Turk dunyosining Madaniy poytaxti, Turkiyaning Kastamonu shahrida “Xo’ja Ahmad Yassaviy va Turkiston” deb nomlangan fotosurat ko’rgazmasi ochildi. 

Ko’rgazma Shayx Sha’bon-i Valiy majmuasida, “2018-yil Kastamonu Turk dunyosining Madaniy poytaxti” tadbiri doirasida, “Xalqaro miqyosda Shayx Sha’bon-i Valiy va Kastamonu avliyolarini yodga olish haftasi” asosida uyushtirilar ekan unda, “Turkiston va Turkistondagi Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasi” haqida 60 ta fotosurat o’rin oldi.

TURKSOY Bosh kotibi o’rinbosari Firat Purtash ko’rgazma haqida “Anado’lu” axborot agentligiga intervyu berar ekan unda Turkistonning o’tgan 2017-yili; Kastamonuning esa bu yil yani 2018-yili “Turk dunyosining Madaniy poytaxti” deb e’lon qilinganligini ifoda etdi.

Mazkur ko’rgazmada o’rin olgan 60 ta fotosuratning o’tgan yili Turkistonda uyushtirilgan “14-Turk dunyosi fotosuratchilar uchrashuvi” natijasida qo’lga kiritilgan asarlarning bir qismi ekanligini ham eslatgan Firat Purtash, TURKSOY tomonidan har yili, an’anaviy ravishda “fotosuratchilar uchrashuvi” tadbiri o’tkazilayotganligini va shu doirada Turk dunyosining tabiiy go’zalligi, madaniy merosi va odamlarining profilining tanitilishiga hissa qo’shib kelayotganligini qayd etdi. 

Ko’rgazmaning Kastamonuda o’tkazilishi orqali Anado’lu bilan Turkiston o’rtasidagi ko’ngil ko’prigining yana-da mustahkamlanganligini qayd etgan TURKSOY Bosh kotibi o’rinbosari, Kastamonu bu yili “Turk dunyosining Madaniy poytaxti” deb e’lon qilinganligi uchun navbatdagi “TURKSOY fotosuratchilar uchrashuvi”ning kuz oylarida, Kastamonuda o’tkazilajagini ta’kidladi.

Firat Purtash ko’rgazmada fotosuratlardan tashqari Turkistondagi “Xo’ja Ahmad Yassaviy” nomidagi muzeydan olib kelingan ba’zi asarlarning ham o’rin olganligini eslatib o’tdi.

Aytib o’tish joizki ochilish marosimida Kastamonu gubernatori Yashar Karadeniz; Adolat va taraqqiyot partiyasi nomidan, Kastamonu viloyatidan saylangan deputat Metin Chelik bilan Murat Demir va Kastamonu munitsipalitet rahbari Tahsin Babash ham ishtirok etgan mazkur ko’rgazma 7-maygacha davom etadi.



Aloqador xabarlar