D. Kaseinov: “Bu yil Navro’z bayramining takror nishonlana boshlashining 30-yilligi”.

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY tomonidan uyushtirilgan Navro’z shodiyonalarining ochilish marosimi bu yil Turk Dunyosining madaniy poytaxti Kastamonuda o’tkazilmoqda.

934795
D. Kaseinov: “Bu yil Navro’z bayramining takror nishonlana boshlashining 30-yilligi”.

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY tomonidan uyushtirilgan Navro’z shodiyonalarining ochilish marosimi bu yil Turk Dunyosining madaniy poytaxti Kastamonuda o’tkazilmoqda. Marosim uchun Turk Dunyosining to’rt burchagidan qadimiy Turk yurti hisoblangan Kastamonuga kelgan san’atkorlar TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov va hamrohligidagi hay’at rahbarligida eng avvalo shahar gubernatori va munitsipalitet rahbari huzuriga tashrif buyurdi. Mazkur hay’at tashrif chog’ida shahar gubernatori Yashar Karadeniz bilan Kastamonu munitsipalitet rahbari Tahsin Babashga, Navro’z va bahor ramziga aylangan ko’kartirilgan bug’doy sovg’a qildi.

Turk Dunyosining to’rt burchagidan kelgan san’atkorlar Kastamonu rasmiylari tomonidan iliq kutib olindi.

Tashrif chog’ida TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov Navro’z bayramining Turk xalqlarining mushtarak bayrami ekanligini ta’kidlagan holda, “Navro’z-Turk Dunyosining eng qadimiy, eng muhim mushtarak bayramidir. Bu yil Navro’zning Turk Respublikalari tomonidan takror nishonlana boshlashining 30-yilligidir. Biz Sovet ittifoqining oxirgi yillarida bu an’anamizni takror davom ettira boshladik. TURKSOY sifatida tarkibimizdagi davlatlarning qo’llab-quvvatlashi bilan BMT va UNESCOda Navro’z shodiyonasi uyushtirdik. Bugungi kunda esa Navro’z bayrami Turk Dunyosi chegaralarini ham oshgan holda, keng ko’lamli olaroq nishonlanmoqdadir. Turk xalqlari sifatida bu bayramni bu yilgi Turk Dunyosining Madaniy poytaxti Kastamonuda uyushtirishdan baxtiyormiz” deya gapirdi.  

Kastamoni, TURKSOY tomonidan “2018 Turk Dunyosi Madaniy poytaxti” deb e’lon qilinar ekan bu orqali shaharning yangi va rang-barang tus olganligini eslatgan Kastamonu gubernatori Yashar Karadeniz, faoliyati yuzasidan TURKSOY va Bosh kotib Dusen Kaseinovga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Mazkur tarixiy shaharning Turk Dunyosi bilan mustahkam munosabati borligini ta’kidlagan Karadeniz, shaharga tashrif buyurgan 290 san’atkorning Kastamonuning tanitilishiga katta va ijobiy hissa qo’shajagini qayd etdi.    

Kastamonu munitsipalitet rahbari Tahsin Babash, Kastamonining yuz yillardan beri urf va odatlarini unutmay, Madaniy poytaxtga yarashadigan holda bugungi kungacha davom ettirib kelganligini ta’kidladi. Shuningdek Turk Dunyosi san’atkorlarini Kastamonuda mehmon qilishdan xursand ekanligini eslatib, bunga yetakchilik qilgan TURKSOYga minnnatdorchilik bildirdi.

Tashrif chog’ida hay’at tarkibidagi ba’zi san’atkorlar qo’shiq aytib, soz cholar ekan uchrashuv yakunida shahar o’rmoniga esdalik uchun ko’chat ekildi.    


 

 

 



Aloqador xabarlar