Kiprlik shahidlar uchun bugun dafn marosimi uyushtirildi

Kiprda greklar tomonidan 1974-yili qatl qilingan shahidlar uchun bugun dafn marosimi uyushtirildi.

878485
Kiprlik shahidlar uchun bugun dafn marosimi uyushtirildi

Kiprda greklar tomonidan 1974-yili qatl qilingan shahidlar uchun bugun dafn marosimi uyushtirildi.

Greklar tomonidan qatl qilinib bedarak yo’qolgan shahidlar Dervish Sadik, Havva Safik O’zkuyumju, Fatma Mehmet Tavukchu va Halil Huseyin Karabardakka oid naoshlar “Bedarak yo’qolgan shaxslar qo’mitasi” tomonidan yuritilgan tadqiqot ishlari natijasida oilalaridan olingan DNK namunalari yordamida aniqlandi.

Shahidlarning naoshi “Muratog’a” nomidagi jome’ masjidida o’qilgan janoza namozi ortidan uyushtirilgan harbiy marosim bilan dafn etildi.

Marosimga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji, Kiprning Turk Tinchlik kuchlari qo’mondoni general-mayor Yilmaz Yildirim, Xavfsizlik kuchlari qo’mondoni general-mayor Tevfik Algan va ko’pchilik fuqarolar ishtirok etdi.

Marosimda nutq so’zlagan “Muratog’a, Sandallar va Otlilar shahidlari xotirasi jamiyati” raisi Ahmet Ashir, Kipr Tinchlik kurashi boshlatilgan 1974-yilning 20-iyuli kuni ertalab grek armiyasi tomonidan nomi tilga olingan 3 qishloq erkaklarini asirga olib, qishloqning himoyasiz ayollari va bolalariga o’tkazgan zulmini eslatdi.

Greklar tomonidan 14-avgust kuni ertalab yosh bola va ayollarning shavqatsizcha o’ldirilib ortidan ularning ommaviy ravishda ko’milganligini ham tilga olgan Ahmet Ashir, grek askarlarining qatliom qilib, jinoyatga qo’l urganligini ifoda etdi.

Kiprdagi Bedarak yo’qolgan shaxslar qo’mitasi, 1963 va 1974-yillar orasida bedarak yo’qolgan shaxslarga oid naoshlarni ko’milgan joylaridan chiqarilishi, ularning kim ekanliklarining aniqlanishi va yaqinlariga topshirilishi uchun kerakli faoliyatlarni olib bormoqda.

Qo’mitaning Kiprda davom etgan faoliyatlari natijasida bugungacha 2001 kishidan 700 nafarining naoshi topilgan.



Aloqador xabarlar