Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O'zbekistonda bo'ldi

Ko'ksaroy qarorgohida Nursulton Nazarboyevni rasmiy kutib olish marosimi o’tkazildi.

808482
Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O'zbekistonda bo'ldi

Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan kecha, 16 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Ko'ksaroy qarorgohida Nursulton Nazarboyevni rasmiy kutib olish marosimi o’tkazildi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev shohsupaga ko'tarildilar. O'zbekiston va Qozog'istonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan yurib o'tdilar. 

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada uchrashuv o'tkazdi.

Muloqotda mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev muloqotni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.

Unda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Muzokarada mamlakatlar o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

 



Aloqador xabarlar