O’zbekiston Myanma rahbariyatini tinchlikga chaqirdi

O’zbekiston Myanma rahbariyatini arakanlik musulmonlarga qarshi ortgan zo’rovonlik xodisalarini to’xtatishga shuningdek, muammoni faqatgina tinch yo’l bilan hal etishga chaqirdi.

806085
O’zbekiston Myanma rahbariyatini tinchlikga chaqirdi

O’zbekiston Myanma rahbariyatini arakanlik musulmonlarga qarshi ortgan zo’rovonlik xodisalarini to’xtatishga chaqirdi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Myanmada yuzaga kelayotgan vaziyatning xususan, mamlakatdagi ozchilikni tashkil etuvchi arakanlik musulmonlarga qarshi ortgan zo’ravonlik holatlarining O’zbekistonda tashvish bilan qarshi olinganligi ma’lum qilindi.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti Nizomi maqsad va vazifalariga tayangan holda O’zbekiston zo’ravonlikning har qanday ko’rinishini qoralaydi va irqi, rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, tug’ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog’liq belgilaridan qatʼiy nazar, har bir inson barcha huquq va erkinliklar bilan so’zsiz ta’minlanishi tarafdori ekanligi eslatilgan bayonotda, “Shu munosabat bilan, Myanma hukumatini begunoh musulmonlarga qarshi zo’ravonlik xatti-harakatlarni to’xtatishga va bu hodisaning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko’rishga hamda muammoni faqatgina tinch yo’l bilan hal etishga chaqiramiz” deyildi.

Bayonotda shuningdek O’zbekiston hukumatining arakanlik musulmonlarning ehtiyojlari uchun ularga insonparvarlik yordamini yuborish to’g’risida qaror qabul qilinganligi qayd etildi.

Myanma armiyasining qurolli jangarilarga qarshi kurashi asosida Arakanda, tinch aholiga qarshi hujum qilindi va oqibatida joriy yilning 25-avgustidan beri minglab musulmon jon berdi. Myanma hukumatining mamlakatga kirish va chiqishlarga ruxsat bermayotganligi bois jon bergan tinch aholi sonini to’liq aniqlash hozirda imkonsiz vaziyatda.  

Hujumda 150dan ortiq qishloq, armiya va budist milliyatchilar tomonidan vayron qilindi. On minglab arakanlik musulmon o’zining xavfsizligi uchun haligacha mintaqadan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Myanmadan qochgan tinch aholi tog’lik hududlar, Naf daryosi yoki dengiz yo’li orqali Bangladeshga o’tmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar