Turkiya Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan hujumini qoraladi

Armaniston armiyasi kecha yana bir bor Ozarbayjonning tinch aholi punktlarini nishonga oldi.

765145
Turkiya Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan hujumini qoraladi

Turkiya Armaniston armiyasining Ozarbayjonning tinch aholi punktlarini nishonga olgan hujumini keskin qoraladi.

 Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda,

“Bosqinchi Armanistonning tinch aholini, ayniqsa ayollar va yosh bolalarni nishonga olgan bu ig’volari orqali xalqaro huquq va insoniy qadriyatlarga qarshi qanchalik noto’g’ri muomala qilayotganligiga” e’tibor qaratildi.  

Bayonotda shuningdek, “hujumda jon bergan ozarbayjonlik qardoshlarimizga Olloxtan rahmat, oila a’zolari va barcha Ozarbayjon xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Tan jarohati olgan ozarbayjonlik qardoshlarimizga esa shifo tilaymiz” deyildi.  

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhi ham o’q uzilishi man etilgan liniyadagi harbiy harakatlarning to’xtatilishini talap qildi.

Aytib o’tish joizki, Armaniston armiyasi kecha yana bir bor Ozarbayjonning tinch aholi punktlarini nishonga oldi. Hujumda 2 kishi jon berar ekan, 1 kishi tan jarohati oldi. Jon berganlardan 1 nafarining yosh bola ekanligi aniqlandi. 

Ozarbayjon Mudofaa vaziri tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko’ra Armaniston Qurolli Kuchlari Tog’li Qorabog’ning Fuzuliy tumani, Alhanli qishlog’iga qarshi minomyotlar orqali hujum qilgan.

Ozarbayjon armiyasi qoidalarga muvofiq ushbu hujumga qarshi ortig’i bilan javob bergan.

Vazirlikning aytishicha Armaniston armiyasining bu hujumi haqida kerakli xalqaro tashkilotlariga ma’lumot berilgan.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar