O’zbekiston va YI o’rtasida qo’l qo’yilgan “To’qimachilik bayonnomasi” kuchga kirdi

Bundan 6 yil muqaddam 2011-yilning 7-aprelida O’zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida qo’l qo’yilgan “To’qimachilik bayonnomasi” 2017-yilning 1-iyulidan boshlab kuchga kirdi.

762970
O’zbekiston va YI o’rtasida qo’l qo’yilgan “To’qimachilik bayonnomasi” kuchga kirdi

Bundan 6 yil muqaddam 2011-yilning 7-aprelida O’zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida qo’l qo’yilgan “To’qimachilik bayonnomasi” 2017-yilning 1-iyulidan boshlab kuchga kirdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Huddi ana shu ma’lumotga ko’ra ushbu hujjatning kuchga kirishi O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirishi va milliy to’qimachilik mahsulotlarining Yevropa bozorlariga kirib borishi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida to’qimachilik mahsulotlari savdosi uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi. Bunda tranzit tashishda, Yevropa Ittifoqi tomonidan O’zbekiston to’qimachilik mahsulotlariga qo’llanilayotgan bojxona va soliq to’lovlariga nisbatan o’zarolik asosida eng qulay rejimni yo’lga qo’yish hamda ushbu turdagi mahsulotlar savdosidagi miqdoriy cheklovlarni olib tashlash nazarda tutiladi.

 



Aloqador xabarlar