Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 25-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatni boshqaruv usuli va uning mintaqaga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

757642
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 25-qism

Aziz eshittirishimiz muxlislari,

Nursulton Nazarboyev Qozog’istonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan 1991-yildan beri mamlakatga rahbarlik qilib kelmoqda. Bu bilan birgina Qozog’istonning emas ayni vaqtda, Turk Dunyosi va dunyoning boshqa bir necha mamlakatining ham ishonchini oqladi. Nursulton Nazarboyev tinchlik tarafdori. Butun dunyo Nazarboyevni huddi mana shu sifati bilan tanib, hurmat qiladi.

Nazarboyev Olmaota shahrining Kaskelen tumani, Chemolgan qishlog’ida nufuzli bir oilada 1940-yili tavallud topdi. Boshlang’ich ta’limi Sovuq urush yillariga teng keldi. To’liq o’rta maktabi chog’larida metallurgiya bo’yicha ta’limi oldi. 1962-yili “Karagandi” nomidagi universitetni “Metallurgiya muhandisi” mutaxassisligi bo’yicha tamomladi. 1984-yilgacha olib borgan muhim byurokratik xizmatida, ishchilarning individual muammolariga yechim topish masalasi bilan shug’ullandi. Sanoat muammolarini hal qilishda katta rol oynadı. Ishchilar huquqini himoya qilib, markazga shu maqsadda tavsiyalar bergan.

1991-yilning 1-dekabri kuni o’tkazilgan saylovda raqibsiz ishtirok etgan Nazarboyev, 21-dekabr kuni Olmaotada, Qozog’istonning mustaqilligini qozondirgan protokolga qo’l qo’ydi. 1991-yildan keyin 1999, 2005 va 2015-yilgi saylovlarda ham Prezidentlik uchun o’z nomzodligini qoyib, natijada xalq tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

1997-yili poytaxtni Olmaotadan Ostonaga ko’chirdi. Nazarboyev Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalalarini davom ettirdi lekin AQSh, Turkiya, Turk dunyosi, Yevropa davlatlari va Isroil bilan ham o’z munosabatlarini mustahkamladi.

Nazarboyev, tashqi siyosatda bir tomonli siyosat kuzatish o’rniga, har bir mamlakat bilan bir xil munosabatda bo’lmoqda. Yani ko’p qirrali tashqi siyosat kuzatmoqda. Bu orqali Nazarboyev, dunyo ko’z o’ngida “murosaga keltiradigan rahbar” sifatida tanildi.  Hammamizga ma’lum bo’lganidek Nazarboyev, Suriya muammosi va Suriyadagi insoniy fojialarga ham jimgina qarab turgani yo’q. Shu doirada Rossiya, Eron va Turkiyaning qo’llab-quvvatlashi bilan bo’lib o’tgan Ostona muzokaralariga mezbonlik qildi. Qozog’istonning bu muomalasi Suriyaning muhim aktyorlaridan biri bo’lgan turkmanlarning ham Ostona muzokarasida ishtirok etishini ta’minladi.   

Qozog’iston bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik a’zosi. Qozog’istonning Turkiyadan keyingi BMTXKning vaqtinchalik a’zosi bo’lishi, Turk dunyosi uchun katta imkon hisoblanadi. Bu vaziyat Turk kengashi uchun ham turli imkonlar yaratib beradi. Aytib o’tish joizki Ozarbayjon, Qozog’iston va Turkiya Turk kengashiga a’zodir.

Bu jihatdan qaraganda Qozog’iston bilan Turkiya tomonidan qo’llab-quvvatlangan Turk kengashiga bundan buyon Turkmaniston bilan O’zbekiston ham a’zo bo’lib, kengash kuchiga-kuch qo’shishi kerak. Bugungi kunda qanday qilib Fransiya, BMTXKda Frankofon mamlakatlariga vakillik qilayotgan bo’lsa kelasi yillarda Turk kengashiga a’zo davlatlaridan biri ham, Turk dunyosi tomonidan BMTga taqdim etilib, BMTXKda Turkofon davlatlariga vakillik qilib qolishi mumkin.

Nazarboyev, o’tgan yilning 15-iyuli kuni uyushtirilgan FETOning to’ntarish tashabbusi ortidan Turkiyani yolg’iz qoymadi va shu doirada Anqaraga tashrif buyurgan birinchi Davlat rahbari bo’ldi.

Nazarboyevning “Turkiyaga dushman bo’lganlar, bizga ham dushmandir” degan so’zlari haqiqiy qardoshlikning ko’rsatkichidir. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Nursulton Nazarboyev haqida gapirar ekan Nazarboyevni har doim, “Turk dunyosining oq soqoli” deya ta’riflamoqda. Bunga Nazarboyevning ziyorati chog’ida Erdog’anning quyidagi bayonotida ham guvoh bo’ldik: “"Janob prezident, turk dunyosining deyarli oqsoqoli hisoblanadi. Hurmatli Nazarboyev tomonidan yo’lga qoyilgan oqilona va muvozanatli siyosat orqali Qozog’iston bugungi kunda ham mintaqa, ham da dunyo davlatlari hamkorligi uchun muhim sherikga aylandi. Tili, tarixi va madaniyati bir bo’lgan bu ikkala qardosh mamlakat Qozog’iston o’z mustaqilligiga erishgachsiyosiy barqarorligini mustahkamlab, iqtisodiy taraqqiyotini kuchaytirdi”.    

Bir necha oy avval Qozog’istonga borar ekanman, u yerdagi o’zgarishlarni o’z ko’zim bilan ko’rish imkoniga muyassar bo’ldim. Nazarboyev, o’z zamonasi va uning ruhini aniq o’qiy oladigan rahbarlardan biri. Bu jihatdan qaraganda Nazarboyevning Kirill alifbosidan Lotin alifbosiga o’tish to’g’risidagi buyrug’i mamlakat kelajagi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Nazarboyev, 2025-yilgacha barcha kitoblarning, matbuot nashrlari va rasmiy hujjatlarning lotin alifbosida chop etila boshlashi kerakligini qayd etdi. Bu qaror Turk dunyosining til va alifbo birligi jihatidan muhim strategik qadam hisoblanadi.

Nursulton Nazarboyevning ko’z qarashi va strategiyasi bilan shakllangan “Qozoq modeli” Turk madaniyatidan oziqlanmoqda va “barqarorlik” va “iqtisodiy rivojlanish” kabi manzillari sari yo’l olmoqda. Natijada Qozog’iston 2017-yil bilan birga tarixiy davr uchun qadam tashlamoqda. Qozog’istonning maqsadi dunyoning rivojlangan eng yirik 30 davlati o’rin olgan ro’yhatga kirishdir. Shunday ekan Qozog’iston, Nazarboyevning yetakchiligida, qarorli ravishda, shaxdam qadamlar tashlashni davom ettiradi. Bunga ishonchim komil. Bugungi kunda Nuruslton Nazarboyev bilan Rajap Tayyip Erdog’an kabi rahbarlarning borligi ham ikkala mamlakat, ham da Turk dunyosi uchun katta imkon hisoblanadi.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar