Atambayev kecha Favqulodda vaziyatlar vaziri Qubatbek Boronovni qabul qildi

Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatning O’sh viloyati, O’zgan tumani, Ayu qishlog’ida 29-aprel kuni yuz bergan tabiiy ofat ortidan mamlakatning Favqulodda vaziyatlar vaziri Qubatbek Boronovni qabul qildi.

724558
Atambayev kecha Favqulodda vaziyatlar vaziri Qubatbek Boronovni qabul qildi

Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev kecha 2-may kuni mamlakatning Favqulodda vaziyatlar vaziri Qubatbek Boronovni qabul qildi.

Qabulda Qubatbek Boronov Davlat rahbariga yer ko’chki yur bergan mamlakatning O’sh viloyati, O’zgan tumani, Ayu qishlog’ida qidiruv va qutqaruv, mahalliy xalqni xavfsiz mintaqaga evakuatsiya qilish, ularga vaqtinchalik boshpana berish va birinchi yordam ko’rsatish kabi faoliyatlar to’g’risida ma’lumot berdi.  

Prezident Almazbek Atambayev tabiiy ofatda jon berganlarning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, falokatdan ziyon ko’rganlarning hammasiga davlat organlari tomonidan kerakli barcha yordamlarning ko’rsatilishi zarurligini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar