Toshkentda O’zbekiston va YUNESKO o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan fikr almashildi

Kecha 31-mart kuni O’zbekistondagi BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (YUNESKO) vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat Tashqi ishlar vazirligida bo’ldi.

703621
Toshkentda O’zbekiston va YUNESKO o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan fikr almashildi

2017-yilning 31-marti kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (YUNESKO) vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra suhbat davomida O’zbekiston va YUNESKO o’rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek YUNESKO vakolatxonasi rahbariga O’zbekiston tomoni samarali faoliyati hamda O’zbekiston va YUNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishiga qo’shgan salmoqli hissasi, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga oid amaliy masalalar yechimiga qaratilgan qo’shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik izhor etilgan.

Krista Pikkat ham O’zbekistondagi YUNESKO vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati davomida O’zbekiston tomonining har tomonlama ko’rsatgan ko’magi uchun minnatdorchilik bildirgan



Aloqador xabarlar