Ona diyor obidalari 6- qism

Ulug'bek rasatxonasi

703303
Ona diyor obidalari 6- qism

Ulugʻbek rasadxonasi

Samarqanddagi meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulugʻbek farmoyishi bilan Obirahmat anhori bo’yida qurilgan Rasadxona Mirzo Ulug’bek farmoniga muvofiq qad ko’targan.

Assalomu alaykum, Ona diyor O`zbekistonning tarixiy obidalar shahriga sayoxat etamiz.

Ulugʻbek rasadxonasi

Koʻhak (Choʻponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qoʻlyozmalar ("Boburnoma")ga koʻra, balandligi. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan deb yozadi. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lgan. Rasadxona oʻrta asrlarda asbob uskunasi, astronomiyaning asosiy doimiyliklari jihatdan ham beqiyos boʻlgan.

 Rasadxonada bu ilmiy uskunalar yordamida QuyoshOysayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan.

Ulug’bek rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar va tadqiqotlar tufayli 1018 ta qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, ularning astranomik jadvali tuzildi. Shu davrda olib borilgan tadqiqotlar asosida matematika va astranomiya fanlariga oid ko’plab nodir asarlar yaratildi. Mirzo Ulug’bekning say’ — harakatlari natijasida rasadxona o’z zamonasi sharoitiga mos mukammal astranomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi. Bundan tashqari ushbu rasadxona qoshida fanning deyarli barcha sohalariga tegishli qariyb o’n ming jild kitob mavjud bo’lgan zamonasining boy kutubxonasi ham tashkil qilinadi.

 Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari "Ziji Koʻragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar Gʻiyosiddin KoshiyQozizoda RumiyAli Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq.

Ulugʻbek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y.  Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir gʻisht boʻlgan aylanma devor borligi va uning markazida qoʻshaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta - kichik xonalari boʻlgan. Boburning yozishicha, Ulugʻbek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan oʻrganilgan. Rasadxonada kutubxona ham boʻlgan. Ichki devorda osmon tasviriyulduzlar xaritasitogʻdengizmamlakatlar belgilangan Yer shari tasviri ishlangan. Keyinchalik u qarovsiz qolib, 16. asrda vayron qilingan.

Ulug'bek rasatxonasi

Temuriylar sulolasining shon-shuhratini dunyoga yoyishda ulug’ xizmatlar qilgan buyuk munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek 1409 yili sohibqiron bobosining taxtiga o’tirgach, Amir Temurning ishlarining chinakkam davomchisiga aylandi. Yoshligidanoq tug’ma iste’dod sohibi bo’lgan Ulug’bek olimlar va shoirlarga katta g’amxo’rlik qildi. U poytaxt Samarqandga 100 dan oshiq olimlarni yig’ib katta ilmiy markaz-maktab yaratdi. Ulug’bek Samarqandga mashhur olimlarni yig’arkan ularning oldiga Sharq va G’arbda yashab o’tgan yirik olimlarning asarlarini yig’ish, ularni tarjima qilish, ularga mukammal ilmiy sharhlar yozish va matematika, geometriya, meditsina, tarix, astronomiya, poetika,  ilmlarining muhim qirralarini rivojlantirish muammosini qo’ydi. Ulug’bek Samarqandda yaratgan bu ilmiy maktab fan tarixida shu darajada chuqur iz qoldirdiki, bundan 250 yil ilgari mashhur fransuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volter bu maktabni "Samarqand akademiyasi" deb atagan edi. Ulug’bek yaratgan bu ilmiy maktab ayniqsa astronomiya fanida katta yutuqlarga erishdiki, bu maktabning shon-sho’hratini dunyoga yoyilishiga sabab bo’ldi. Samarqand olimlari Ulug’bekning bo’yrug’i bilan astronomiyaga oid risolalarga sharhlar yozar ekanlar, bu risolalardagi ko’plab ma’lumotlarni qayta tekshirib ko’rishga ehtiyoj seza boshladilar. Bu hol Samarqandda rasadxona qurishni taqazo etadi. Olimlar bu fikrni Mirzo Ulug’bekka aytganlarida, hukmdorning ham niyati shunday ekanligi ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng Samarqandda rasadxona qurishga kirishiladi. 

Ulug’bek, Samarqandda qurilajak rasadxona har tomonlama mukammal bo’lishi va unda o’rnatiladigan asbob-uskunalar har qanday xatoliklardan xoli bo’lishini talab qiladi. Shu sababli, Samarqand olimlari Ulug’bek bilan hamkorlikda turli davrlarda qadimgi Sharqnig Bag’dod Damashq, Isfahon va Marog’ shaharlarida barpo qilingan rasadxonalarning loyihalari, ularda o’rnatilgan asboblarning tuzilishini har tomonlama o’rganib chiqdilar.Shundan so’ng, quriladigan rasadxonaning loyihasi yaratildi va uni qurish uchun joy tanlandi. Mirzo Ulug’bek va boshqa olimlar rasadxona qurish uchun Cho’ponota tepaligining janubidagi Obirahmat arig’ining yaqinidagi tepalik qulay degan qarorga keladilar va bu yerda 1420 yili qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Qurilish qariyib 9 yil davom etadi. Zamondoshlarining guvohlik berishlaricha, uch qavatli rasadxona binosi o’sha davrning eng hashamatli va mukammal ilmiy markazi bo’lgan. Qurilish ishlari tugashi bilan bu yerda ilmiy kuzatishlar boshlanib ketadi. Mirzo Ulug’bek bu yerda tunni tongga ulab, osmonga boqib, yulduzlar harakatini urgana boshlaydi. Rasadxonada Mirzo Ulug’bek bilan yonma-yon uning ustozi, zabardast olim Qozizoda Rumiy, shogirdlari Fiyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchilar tinmay ter to’kadilar. Mirzo Ulug’bekning rasadxonada 20 yildan ortiq vaqt mobaynida olib borgan ilmiy kuzatishlari uning shoh asari "Ziji jadidi Kuragoniy" ya’ni "Kuragoniyning yangi jadvali" nomli asarida jamlangandir. Bu shohona ilmiy asar to’rt kitobdan iborat bo’lib, uning birinchi kitobi eralar va taqvimlar bilan bog’liq muamolarni chuqur tahlil qilishga bag’ishlangan. Zijning ikkinchi kitobi asosan, matematika va sferik astronomiyaning muhim tomonlarining tahliliga bag’ishlangan. Zijning uchinchi kitobi faqat astronomiya masalalarining tahliliga oid bo’lib, bu asosiy kitob hisoblanadi. Bu kitobda Quyosh, Oy va besh yirik sayyoraning harakatlari har tomonlama chuqur va asosli ravishda tahlil qilingan.Shuningdek, bu ilmiy asar mukammal yozilgan "Muqaddima" bilan boshlangan bo’lib, unda Mirzo Ulug’bek, kitobni yozishdan maqsad, va unga bu ishda ko’mak bergan olimlarning hammalarini minnatdorchilik bilan eslab o’tgandir. Mirzo Ulug’bekning ushbu ilmiy asari o’z davridayoq juda mashhur bo’lib ketgan, bu asar dunyoning turli mamlakatlarida astronomiyaning rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. Unga Ali Qushchi, Mirim Chalabiy va Husayn Birjandiy kabi astronomlar sharhlar yozganlar. Ulug’bekning shogirdi Ali Qushchi 1473 yili "Zijni Istanbulga olib keladi, so’ngra, bu asar Ovrupoga tarqalib ketadi. Oksford universitetining professori Jon Trivs (1602-1652) Ulug’bekning «Zij»ini Ovrupoda birinchi bo’lib tadqiq qilgandir. O’sha universitetning yana boshqa olimi sharqshunos Tomas Xayid (1636-1703) Zijni lotin tiliga tarjima qilib nashr etdirdi. Asrlardan asrlarga o’tib Ulug’bekning bu ilmiy asarini shon-sho’hrati oshib bordi va Ulug’bekning shogirdi Ali Qushchi ham o’z yurtini tark etishga majbur bo’ldi va Turkiyaga jo’nab ketdi. Ali Qushchi rahbarligida Turkiyada ham rasadxona qurildi, rasadxonani barpo qilishga Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek rasadxonasining loyihasi asos qilib olindi. Shuningdek, Ulug’bek rasadxonasining loyihasi asosida Hindistonda ham yangi rasadxona qurildi, bu rasadxonalarning barchasida Ulug’bek yaratgan "Ziji jadidi Kuragoniy" kitobi dasturi amal bo’lib xizmat qildi. Mirzo Ulug’bekning "Ziji" Ovrupoga tarqalib ketgach, ovrupoliklar o’rtasida Ulug’bekning shaxsiyatiga va qurdirgan rasadxonaga qiziqish kuchayib bormoqda edi. Shu sababli, Samarqandga tashrif buyurgan ko’pgina Ovrupolik sayyohlar va olimlar rasadxona o’rni bilan qiziqadilar.

Samarqandga kelgan venger olimi Armeniy Vamberi (1832-1913) ham rasadxona o’rni bilan qiziqdi va uni Tillaqori madrasasining ichida joylashgan bo’lsa kerak, deb taxmin qildi. Ammo venger olimning bu taxmini mutlaqo asossiz edi. Shu bilan birga rasadxona o’rnini topishga ko’pgina rus tarixchi, astronom va arxeologlari ham qiziqa boshladilar. Ammo, ularning bu qiziqishlari hech bir samara bermadi. 1908 yili omad, havaskor arxeolog Vyatkinga kulib boqdi, u samarqandlik ziyolilar Abu Said Maxsum va Egamxo’ja mullolar yordamida, 17asrga oid vaqf hujjatlari asosida rasadxona o’rnini topishga erishdi. 1908-09 yillari Vyatkin olib borgan arxeologik qazishmalar o’z samarasini berdi. Shundan so’ng turli arxeologlar tomonidan bu yerda olib borilgan qazishmalar o’z natijasini ko’rsatdi va hozirda rasadxona poydevori va qoyatoshni o’yib yasalgan kvadrant to’liq ochildi. Qazishmalar natijasidan ma’lum bo’lishicha rasadxona dumaloq shaklda, uch qavatli bo’lgan ekan. Pastki qavatda kvadrant, tepadagi qavatlarda esa kutubxona, dam oladigan, ilmiy ishlar bilan shug’ullaniladigan hujralar mavjud bo’lgan. 1914 yili kvadrant ustiga pishiq g’ishtlardan g’ilof barpo qilingan. Shuningdek, bu yerda ikki qavatli Ulug’bek memorial muzeyi ham qurilgan. Bu muzeydagi eksponatlarda ulug’ munajjim Mirzo Ulug’bekning ilm yo’lida chekkan zahmatlari o’z aksini topgandir. Muzey yonida, rasadxonani o’rnini topib fan olamiga qaytarishda katta xizmatlar qilgan arxeolog Vyatkinning qabri ham bor. Bu zahmatkash olim o’limi oldidan bu yerga dafn etishlarini vasiyat qilgandir. Rasadxona qurilgan maydonda astronomlar sultoni Mirzo Ulug’bekning granitdan yasalgan haykali ham qad rostlab turibdi.

1449 yili Mirzo Ulug’bek fojeali ravishda uldirilgach, rasadxona ham qarovsiz qoldi, ilmiy kuzatishlar to’xtadi. 1964 y. Ulugʻbek rasadxonasi yonida Ulugʻbek muzeyi ochilgan.

15 asrda Mirzo Ulug’bek tomonidan yaratilgan bu noyob ilmiy markaz-rasadxona ajdodlarimizning yuksak ilmiy tafakkurlari va salohiyatlariga qo`yilgan tirik yodgorlikdir.

 

 



Aloqador xabarlar