Fransiya nima uchun Qrimning Rossiya tarkibiga kiritilishini tan olmayotganligini ma’lum qildi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi bu haqida Rossiyaning Qrimni bosib olishining uchinchi yilligida bayonot berdi.

696294
Fransiya nima uchun Qrimning Rossiya tarkibiga kiritilishini tan olmayotganligini ma’lum qildi

Fransiya Rossiyaning Qrimni bosib olishining uchinchi yilligida xalqaro miqyosda tan olingan chegara doirasida Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligining to’laqonli, qayta tiklanishi kerakligini qayd etdi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra,

“Chegaralarni muhokamaga qo’yishlik, xalqaro huquq qoidalariga to’g’ri kelmaydi. Bu vaziyat to’g’ridan-to’g’ri xalqaro xavfsizlikni tahlikaga qo’yar ekan ayni vaqtda dunyoning butun davlatlarining mustaqilligi bilan hududiy yaxlitligini himoya qilishga qaratilgan xalqaro tartipta jiddiy muammolar yaratadi. Shuning uchun ham xalqaro hamjamiyat, Yevropa ittifoqi va Fransiya Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda bosib olinishini tan olmayapti” deyilgan.

Shuningdek bayonotda Fransiyaning Qrim yarimorolining qurollantirilishidan va mintaqada, inson huquqlari jihatidan qrim tatarlari huquqlarining paymol etlishidan xavotirda ekanligi ma’lum qilingan.



Aloqador xabarlar