Ozarbayjon qo’shini chegarada Armaniston qo’shiniga tegishli gornizonni portlatdi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotiga ko'ra, kecha oqshom vaqtida Armaniston qo’shini tomonidan chegara qoidalari buzilgach, Ozarbayjon qo’shini quroldan o’q uzish orqali arman askarlarni ogohlantirgan.

683013
Ozarbayjon qo’shini chegarada Armaniston qo’shiniga tegishli gornizonni portlatdi

Ozarbayjon qo’shini chegarada Armaniston qo’shiniga tegishli gornizonni portlatdi.

Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, kecha oqshom vaqtida Armaniston qo’shini tomonidan chegara qoidalari buzilgach, Ozarbayjon qo’shini quroldan o’q uzish orqali arman askarlarni ogohlantirgan.

Qolaversa, Armaniston qo’shini tomonidan ishg’ol qilingan Hojavend viloyatidagi gornizon portlatildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi hujumning yuqoridan olingan tasvirlarini ham e’lon qildi.

Tasvirlarda gornizon nishonga olinayotgan paytda, atrofda ba’zi harbiy vositalar va askarlarning borligi aks etgan.

Ma’lumotga ko’ra, Armaniston chegaradagi voqealar oqibatida qurbonlarning bor yoki yo’qligini yashirib kelmoqda.

Chegarada nazorat butunlay Ozarbayjon qo’shini qo’liga o’tgani qayd etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar