O'zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi yaqinda bo'lib o'tadi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrifi chog’ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

663167
O'zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi yaqinda bo'lib o'tadi

O'zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi yaqinda bo'lib o'tadi.

Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qiladi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrifi chog’ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Fursatdan foydalanib o’tkaziladigan muzokaralarda, energetika, qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazib berish, harbiy-texnik hamkorlik va muhojirlik siyosati masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Moskvaga qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazib berish va Rossiya neftiga bojlarni bekor qilish uchun bir qarorga kelish maqsad qilinmoqda.

Shuningdek, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish ham dolzarb masala qatorida ko’zdan kechriladi.

Ma’lum bo’lganidek, Rossiya O'zbekiston qishloq xo'jalik mahsulotlari uchun katta bozor hisoblanadi.

Shuning uchun ham bu bozorni kengaytirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan muzokaralar ikki mamlakat sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi. 

 

 

 



Aloqador xabarlar