Turkiya, Rossiya va Eron Astanada qo'shma deklaratsiyaga qo'l qo'ydi

Muzokara yakunida nomi tilga olingan uch mamlakat tomonidan qabul qilingan qo’shma deklaratsiya Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdirahmanov tomonidan o’qib eshittirildi.

658376
Turkiya, Rossiya va Eron Astanada qo'shma deklaratsiyaga qo'l qo'ydi

Qozog’iston poytaxti Astanadagi Suriya muzokarasining kafil mamlakatlari hisoblangan Turkiya, Rossiya va Eron, Suriyadagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvining tekshirib chiqilishi uchun uchli mexanizmning tashkil etilishi borasida kelishib oldi.

Muzokara yakunida nomi tilga olingan uch mamlakat tomonidan qabul qilingan qo’shma deklaratsiya Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdirahmanov tomonidan o’qib eshittirildi.

Ushbu deklaratsiyaga ko’ra Rossiya, Turkiya va Eron Suriyadagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvining tekshirib chiqilishi uchun uchli mexanizmning tashkil etilishi borasida kelishib oldi.

Bunga ko’ra kelishib olgan ushbu uch mamlakat bir mexanizm tashkil etib u orqali maydondagi o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinib, qilinmaganligini agar amal qilinmagan bo’lsa unda unga amal qilinishini ta’minlashni talab qiladi.

Suriyadagi muammoni harbiy yo’l orqali hal qilishning imkonsiz ekanligini ta’kidlagan uchala kafil mamlakat xalqaro hamjamiyatni, BMT Xavfsizlik kengashinining 2254 sonli qaroridagi talablarning bajarilishi uchun Suriyadagi siyosiy jarayonni qo’llab-quvvatlashga undadi.

Turkiya, Rossiya va Eron tomonidan qo’l qo’yilgan qo’shma deklaratsiyaga ko’ra Suriyadagi qurolli muxolifatning, terror tashkiloti bilan bir xil tutilmasligi kerakligi qayd etilgan.

Bunga qo’shimcha sifatida uchala kafil mamlakat, Suriyaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlashlarini takrorladi.

Uchala kafil mamlakatning Suriyadagi terroristlarga qarshi birgalikda kurash olib borishga tayyor ekanligi ifodalangan deklaratsiya matnida Astana, “Suriyalik tomonlarning muloqat qilishi uchun muhim platforma hisoblanadi” deb baholandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya muzokarasi , #Astana , #Turkiya , #Rossiya , #Eron

Aloqador xabarlar