Ozarbayjon qo'shini chegarada Armanistonga tegishli dronni urib tushirdi

Bugun 22 yanvar erta tongda Ozarbayjon-Armaniston chegarasida joylashgan Tovuz hududida Ozarbayjon territoriyasi ustida uchayotgan Armanistonga tegishli dron urib tushirilgan.

656771
Ozarbayjon qo'shini chegarada Armanistonga tegishli dronni urib tushirdi

Ozarbayjon qo'shini Armanistonga tegishli dronni urib tushirdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bu haqda ma'lum qiladi.

Ma'lumotga ko'ra, bugun 22 yanvar erta tongda Ozarbayjon-Armaniston chegarasida joylashgan Tovuz hududida Ozarbayjon territoriyasi ustida uchayotgan Armanistonga tegishli dron urib tushirilgan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotiga ko'ra, Armaniston qo'shini oxirgi 24 soat ichida chegaraning turli yo'nalishlariga 51 marta to'p otgan va bu shaklda ikki davlat o'rtasidagi sulh bitimini oyoq osti qilgan.

 

 



Aloqador xabarlar