O’zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov bugun Qozog’iston TIV Yerlan Idrisov bilan uchrashdi

Eslatib o'tamiz Qozog’iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov amaliy tashrif bilan bugun O'zbekistonda.

636257
O’zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov bugun Qozog’iston TIV Yerlan Idrisov bilan uchrashdi

2016-yilning 23-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan O’zbekistonga borgan Qozog’iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov bilan uchrashdi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot ximati tarqatgan ma’lumotga ko’ra ular muloqot chog’ida oliy darajadagi O’zbekiston-Qozog’iston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlar rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

Uchrashuvda 2017-2018-yillarda BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zoligiga Qozog’istonning saylanishi hisobga olingan holda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi vazirliklararo hamkorlik masalalariga esa alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek suhbat davomida turli sohalardagi O’zbekiston-Qozog’iston muloqotini yanada chuqurlashtirish, jumladan ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini kuchaytirishdan ikki davlat ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etilgan. Muhokama qilingan barcha masalalar bo’yicha O’zbekiston va Qozog’iston pozitsiyalarining yaqinligi va muvofiq ekanligi ta’kidlangan.

Muzokaralarda Qozog’iston Elchisi Yerik Utembayev ham ishtirok etgan.

 



Aloqador xabarlar