O‘zbekiston prezidentlik saylovida 77% saylovchi ovoz berdi

O’zbekistondagi mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dagi ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekiston prezidenti saylovida 15 million 730 ming 997 saylovchi ishtirok etdi.

623309
O‘zbekiston prezidentlik saylovida 77% saylovchi ovoz berdi

O‘zbekiston prezidenti saylovida jami 77% saylovchi ovoz berdi.

O’zbekistonga nisbatan katta soat farqi bo’lgan AQShda saylov uchastkalari endi ochildi, qator davlatlarda esa ovoz berish yakunlandi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov ma’lum qilishicha, O’zbekistondagi mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dagi ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekiston prezidenti saylovida 15 million 730 ming 997 saylovchi ishtirok etdi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov poytaxtda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

Xorijdagi bir qator uchastkalarda, jumladan, Misr, Pokiston, Yevropa davlatlarida ovoz berish davom etmoqda. AQShdagi uchastkalar esa endigina ochildi.

Ayrim davlatlar — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya va Singapurdagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi.

Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov ayni paytda, ovoz berish jarayonida birorta qonun buzilish kabi  holatlar haqida ma’lumotlar kelib tushmaganini ta’kidlab o‘tdi.



Aloqador xabarlar