Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ozarbayjonda...

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

552029
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ozarbayjonda...

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ozarbayjonga tashrif buyurdi.

Sergey Shoygu Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Ilhom Aliyev qabul chog’ida, Ozarbayjon-Rossiya munosabatlarining yuqori darajada bo’lishi mintaqadagi xavfsizlik muammolarini bartaraf etishga imkon yaratishini aytib o’tdi.

Ozarbayjon prezidentlik manbalari ma’lum qilishicha, Prezident Aliyev Rossiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi harbiy hamkorlik muvaffaqiyatli davom etganini aytib o’tgan.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ozarbayjon ziyoratini eslatib, bu ziyorat ikki davlat o’rtasidagi harbiy aloqalarni rivojlantirish jihatidan muhim ahamiyat kasb etishini tilga olgan.

Rossiyada o’tkazilgan Xalqaro harbiy mashg’ulotlarda Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining faol ishtiroki tufayli minnatdorchilik bildirgan Sergey Shoygu, Aliyev va Putin uchrashuvida ustida to’xtalib o’tilgan masalalar bo’yicha muzokara o’tkazishini ma’lum qildi.

Mutahassislarning fikricha, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Ozarbayjonga tashrifi ikki davlat o’rtasidagi harbiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga o’z hissasini qo’shadi.

Shoyguning Ozarbayjon ziyorati bugun ham davom etadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar