Nepal Shanxay Hamkorlik Tashkilotining muloqot bo'yicha rasmiy hamkor-davlat maqomini oldi

Kambodja, Ozarbayjon, Nepal va Armanistonga nazoratchi maqomini berish to'g'risidagi siyosiy qaror 2015 yil Ufada bo'lib o'tgan sammitda qabul qilingan edi.

455842
Nepal Shanxay Hamkorlik Tashkilotining muloqot bo'yicha rasmiy hamkor-davlat maqomini oldi

Nepal Shanxay Hamkorlik Tashkilotining muloqot bo'yicha rasmiy hamkor-davlat maqomini oldi.

Kambodja, Ozarbayjon, Nepal va Armanistonga nazoratchi maqomini berish to'g'risidagi siyosiy qaror 2015 yil Ufada bo'lib o'tgan sammitda qabul qilingan edi.

Pnompen va Baku o'z maqomlarini avvalroq huquqiy tasdiqlatib bo'lishgan.

Armaniston bilan memorandum 16 aprelda imzolanishi rejalashtirilgan.

Tashkilot tarkibiga Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O'zbekiston kiradi. Kutilayotganidek, iyun oyida Toshkentda Hindiston va Pokistonning a'zolikka qabul qilinishi tasdiqlanadi.

Hozirda nazoratchi maqomidagi Eron va Afg'oniston ham to'laqonli a'zolik uchun ariza bilan murojaat etishgan.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tarkibiga nazoratchi va hamkorlar bilan birga 18 ta davlat kiradi. Yana qator mamlakatlar umumiy hisobda 3 milliard nafar aholisi bor mamlakatlarni birlashtiruvchi ShHT faoliyatida ishtirok etish istagini bildirishgan.


Tanlangan kalimalar: #Shanxay Hamkorlik Tashkiloti , #Nepal

Aloqador xabarlar