O'zbekistonda dinozavrlarning yangi turi qoldiqlari topildi.

Amerika, Buyuk Britaniya va Rossiya olimlarining tadqiqotlari natijasida O`zbekiston shimolidagi Qizilqum cho`llarida xozirgi kunga qadar fanga noma`lum bo'lgan dinozavr turi qoldiqlari topildi.

452936

Olimlarning fikricha, bu tur tirannozavrlarning ajdodlari bo`lishi mumkin va O`zbekistonda topilgan kichik dinozavr qoldiqlari olimlarga Yer tarixidagi eng yirik yirtqichlardan biri - tirannozavr qanday evolyutsiya qilganini tushunishga yordam berishi mumkin.

Topilma skeletning tuzilishi ko`p jihatdan tirannozavr bilan o`xshash bo'lish bilan birga, biroq hajmi unga nisbatan kichik. Unga Timurlengia euotica nomi berildi.

Tadqiqotchilarning tahminiga binoan, dinozavrlarning ushbu turi bo`r davri o`rtalari - yaniy 70 million yil avval yashagan. U davrlarda O`zbekiston hududida quruq cho`l-u biyobonlar hamda bepoyon o`rmon va ko`llar bo`lgan.

Mazkur dinozavr qoldiqlari tirannozavrlar o`sha vaqtda ulkan hajmda bo`lmaganini, biroq allaqachon nisbatan yirik miya va yaxshi eshitish qobiliyatiga ega bo`lganini ko`rsatdi.

Olimlar taxmin qilishicha, tirannozavrlar quyi bo`r davrida nisbatan tezroq kattalashgan, ularning yirtqichlar orasidagi ustunligini esa rivojlangan miya va sezgilar bilan tushuntirish mumkin.

Olimlar ushbu topilma sayyoraning eng haybatli yirtqichi bo'lgan dinozavrlarning evolyutsiyasini kuzatish imkonini yaratadi deya umid qilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #dinozavr , #Qoldiq , #topildi.

Aloqador xabarlar