Qrimda ATR Televideniyesi Rossiya politsiyasi tomonidan bosildi

ATR Televideniyesi Direktori Elzara İslamovaning aytishicha, mazkur televideniye o’tgan yili 26 fevralda o’tkazilgan miting paytida 2 kishining o’limiga sabab bo'lganlikda ayblanmoqda.

197992
Qrimda ATR Televideniyesi Rossiya politsiyasi tomonidan bosildi

Qrim tatarlariga mo’ljallangan ATR Televideniyesi Rossiya xavfsizlik xodimlari tomonidan bosildi.
ATR Televideniyesi Direktori Elzara İslamovaning aytishicha, mazkur televideniye o’tgan yili 26 fevralda o’tkazilgan miting paytida 2 kishining o’limiga doir jinoiy ish doirasida tekshirilmoqda.
Rus xavfsizlik xodimlari İslamovaning jurnalistlarga reportaj berishini ta’qiqladi.
Qrim tatarlari 2014 yilning 26 fevral kuni Rossiya tarkibiga qo’shilishni qoralash maqsadida Oqmasjiddagi Parlament binosi oldida miting o’tkazgan edi.
Rossiya tarafdorlari ham o’sha hududda miting o’tkazib, Rossiyaga qo’shilish masalasiga bag’ishlangan referendumni qo’llab quvvatlagan edi.
Miting paytida 2 kishi hayotdan ko’z yumgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar