Lionel Messi "Marsel"ga qarshi bellashuvda 700-golini kiritdi

Fransiya 1-ligasining 25-turida “PSJ” o‘z maydonida “Marsel”ni qabul qildi.

1951743
Lionel Messi "Marsel"ga qarshi bellashuvda 700-golini kiritdi

 

Lionel Messi "PSJ"ning "Marsel"ga qarshi bellashuvida (3:0) klubdagi faoliyatining 700-golini kiritdi.

Fransiya 1-ligasining 25-turida “PSJ” o‘z maydonida “Marsel”ni qabul qildi.

Poytaxtliklar 25 va 55-daqiqada Mbappe, 29-daqiqada Messining gollari evaziga 3:0 hisobida zafar qozondi.

Ushbu g'alabadan so'ng "PSJ" ochkolari sonini 60taga yetkazib oldi va peshqadamlikni davom ettirdi. 52 ochko to'plagan "Marsel" "PSJ" ortidan bormoqda.

"PSJ"ning argentinalik yulduzi Messi klubdagi faoliyatining 700-golini urdi.

Kilian Mbappe "PSJ" safida 200 ta gol urib, Edinson Kavanining rekordini bo'lishdi.


Tanlangan kalimalar: #Lionel Messi

Aloqador xabarlar