“Arsenal” raqibi “Vest Xem Yunayted”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

Bu natija bilan “Arsenal” ochkolari sonini 40taga yetkazib, peshqadamlikni saqlab qoldi.

1924191
“Arsenal” raqibi “Vest Xem Yunayted”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

 

Angliya premer-ligasining 17-turida “Arsenal” raqibi “Vest Xem Yunayted”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

"Emireyts" stadionida bo'lib o'tgan bellashuvni mehmon jamoa "Vest Xem Yunayted" oldinda boshladi va 27-daqiqada Said Benrahmaning penaltidan urgan go'li bilan birinchi bo'limni 1:0 hisobida oldinda yakunladi.

Ikkinchi bo‘limda ketma-ket hujumga o'tgan “Arsenal” jamoasi 53-daqiqada Bukayo Saka, 58-daqiqada Gabriel Martinelli va 69-daqiqada Eddi Nketiyaning go'llari bilan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu natija bilan “Arsenal” ochkolari sonini 40taga yetkazib, peshqadamlikni saqlab qoldi.


Tanlangan kalimalar: #Arsenal

Aloqador xabarlar