Turk Milliy futbol terma jamoasi ertaga Istanbulda Eron bilan bellashadi

Bu yil Rossiyada bo’lib o’tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan Turk Milliy futbol terma jamoasi ertaga Istanbulda Eron bilan bellashadi.

979862

Istanbulning Bashakshehir tumanida o’rin olgan “Fatih Terim” stadionida bo’lib o’tadigan mazkur musobaqa soat 21:15’da boshlaydi.  

Musobaqada o’zbekistonlik referi Valentin Kovalenko hakamlik qiladi.

Kovalenkoga yana O’zbekistondan Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmanov yordam beradi. To’rtinchi hakam esa Turkiyadan Huseyin Go’chek.  

Rossiyada bo’lib o’tadigan jahonchempionatida o’rin olgan Eron, B guruhida Portugaliya, Ispaniya va Marokash bilan kurash olib boradi.

Turk Milliy futbol terma jamoasi Erondan keyin tayyorgarlik doirasida 1-iyun kuni Shveytsariyada Tunis, 5-iyunda esa Rossiyada rus jamoasi bilan o’ynaydi.  

Aloqador xabarlar