Ramil Guliyev, Dunyo chempioni bo'ldi

Angliya poytaxti Londonda uyushtirilgan 16- Dunyo atletizm chempionatida yengil atletikachi Ramil Guliyev Turkiyaga oltin medal olib keldi.

787972
Ramil Guliyev, Dunyo chempioni bo'ldi

16- Dunyo atletizm chempionatida Turkiya nomidan ishtirok etgan sportchilardan Ramil Guliyev, erkaklar o’rtasidagi 200 metrga yugurushda dunyo chempioni bo’ldi.

Angliya poytaxti Londonda uyushtirilgan chempionatning 7-kunida, erkaklar o’rtsida 200 metr masofada final musobaqasi o’tkazildi.

Fenerbaxche jamoasi sportchilaridan Ramil Guliyev, 20.09 soniyalik ko’rsatkich bilan Turkiya nomidan bu sohadagi birinchi oltin medalni qo’lga kiritdi.

TRT Spor telekanaliga bayonot bergan sportchi, bu g’olibiyatga erishishiga avvaldan ko’zi yetganligini, ishonganligini qayd etdi.

Ramil Guliyevni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Twitter orqali tabrikladi.



Aloqador xabarlar