Turkiyalik taekvandochi Selver Sheker oltin medal sohibi bo'ldi

Turkiyaning Samsun viloyatida o’tkazilgan “2017 Nogironlar olimpiadasi”da taekvando bo’yicha milliy sportchi Selver Sheker oltin, Muhammad Guler esa, kumush medal sohibi bo’ldi.

780206

Otaturk sport zalida o’tkazilgan musobaqalarda ayollar o’rtasida 67 kg vazn toifasida Selver Sheker eronlik raqibi Mouna Shiritazehgheshlagh bilan maydonga tushdi.

Milliy sportchi Selver Sheker raqibini 15-9 hisobida mag’lub etib oltin medalga sazovor bo’ldi.

Muhammad Guler esa, erkaklar o’rtasida 68 kg vazn toifasida rossiyalik raqibi Aleksey Zastrozhin bilan bellashdi.

Raqibiga 19-8 hisobida mag’lub bo’lgan Muhammad Guler kumush bilan cheklandi.

Aloqador xabarlar