Matbuot sharhlari 19.10.2023

Sabah: “Erdo’g’andan Isroilning genotsid siyosatiga qattiq munosabat” Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Isroilning Al-Ahli kasalxonasiga qilgan dahshatli hujumi bilan G'azodagi qirg'inni boshqa bir o'lchamga olib chiqqanini bildirdi.

2052895
Matbuot sharhlari 19.10.2023

Matbuot sharhlari 19.10.2023

Sabah: “Erdo’g’andan Isroilning genotsid siyosatiga qattiq munosabat”

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Isroilning Al-Ahli kasalxonasiga qilgan dahshatli hujumi bilan G'azodagi qirg'inni boshqa bir o'lchamga olib chiqqanini bildirdi.

  Erdog’an, “Turkiya sifatida avval insonparvarlik sulhini, keyin esa doimiy barqarorlikni o’rnatish uchun faoliyatimizni davom ettiramiz” dedi.

Star: “Turkiya Falastin uchun milliy motam e’lon qildi”

Prezident Erdo’g'an, Falastindagi aksariyati bolalar va begunoh fuqarolar bo'lgan minglab shahidlarga hurmat talabi sifatida Turkiyada 3 kunlik milliy motam e'lon qilinganini bildirdi.

Milliy motam e'lon qilinishi ortidan butun Turkiya bo'ylab bayroqlar yarmiga tushirildi.

Yeni Shafak: “Vazir Fidan: Musulmon davlatlar chora ko’rishi kerak”

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) yig’ilishida, Falastin muammosiga adolatli va doimiy yechim topish uchun musulmon davlatlar tomonidan yangi usullar va aniq qadamlar qo’yilishi zarurligini bildirdi.

Haber Turk: “O’mer Chelik: Zamonaviy tarixdagi eng katta qirg’in”

Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) voizi O’mer Chelik, Isroilning G’azodagi shifoxona hujumi haqida: “Bu insoniyat tarixidagi eng katta qirg’inlardan biridir” dedi.

“Bu zamonaviy tarixdagi eng katta va rejalangan qirg’in”, - deydi u.

Hurriyet: “Emine Erdog’andan G’azo dunyoga chaqiruvi”

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning rafiqasi Emine Erdo'g'an, Isroilning G'azoga uyushtirgan hujumlarida qurbon bo'lgan tinch aholi uchun.

“Men bu shafqatsizlikni kuzatayotgan insoniyatga chaqiraman; G'azoda uçurtmalar uchishi kerak, bomba emas! Bolalarning og'riqli qichqirig'i emas, balki ovozi baland bo'lishi kerak.

  "Osmonni tutun emas, bulutlar qoplagan bo'lishi kerak", dedi u.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar