Matbuot sharhlari 31.07.2023

Turkiyada tashkil etilishi rejalashtirilgan gaz taqsimlash markazi haqida gapirgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, rejaning muhokamada ekanligini ta'kidladi. Putinning bayonotlari jahon matbuotida keng yoritildi.

2017944
Matbuot sharhlari 31.07.2023

 

Hurriyet gazetasi: “Rossiya rahbarining “Turkiya formulasi” butun dunyoda aks-sado berdi”.

Turkiyada tashkil etilishi rejalashtirilgan gaz taqsimlash markazi haqida gapirgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, rejaning muhokamada ekanligini ta'kidladi. Putinning bayonotlari jahon matbuotida keng yoritildi.

Haber Turk gazetasi: “Turkiyaning 6 oylik suv mahsulotlari eksporti 829 million dollarga yetdi” 2022 yilning yanvar-iyun davrida Turkiyaga 760 million dollar valyuta olib kelgan suv mahsulotlari yetishtirish sektori, 2023 yilning birinchi yarmida eksportini 9 foiz ortish bilan 829 million dollarga oshirdi.

Vatan: “Turkiya portlari dunyoning tepasida”

Dunyoning eng qadimgi va eng nufuzli dengiz nashri Lloyd's List tomonidan tayyorlangan "Dunyoning eng yaxshi 100 porti" hisobotida, 2022-yilda Turkiyaning to‘rtta porti eng yaxshi 100talikdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Ambarli, Ko’jaeli, Mersin va Tekirdag portlari dunyodagi eng yaxshi portlardan hisoblanadi.

Yeni Shafak: “Antaliya 8 milliondan oshgan sayyohlar soni bilan rekord o’rnatdi”

Antaliya 2019 yilni ortda qoldirib, bu yil 8 million 11 ming 828 sayyoh kelgan sayyohlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi. 2019-yil 29-iyul holatiga ko‘ra bu raqam 8 million 4 ming 11 tani tashkil etgani ma’lum qilingan.

Star: “Fransuz matbuoti: Turkiya-Misr yaqinlashuvini kuzatmoqda”

Turkiya va Misr o’rtasidagi yaqinlashishni yaqindan kuzatgan Fransiya matbuoti, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning Afrika va Yaqin Sharqda barqarorlik uchun kuch bo’lishi mumkinligini yozdi. Xavfsizlik bo'yicha tahlilchi Aya Burveyla ikki davlatning yaqinlashishi Efiopiya va Liviyadagi ko'plab muammolarni hal qilishini va buning Tunis, Sudan va Chadga ijobiy ta'sir ko'rsatishini aytdi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar